AsosiyJamiyat

Nodavlat futbol muassasalari uchun O`zbekiston futbol assosiasiyasi a`zosi bo`lishi talabi o`rnatiladi

'Nodavlat futbol muassasalari uchun O`zbekiston futbol assosiasiyasi a`zosi bo`lishi talabi o`rnatiladi'ning rasmi

"Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning qo`shimcha yo`nalishlari belgilandi.

Qarorga ko`ra, har yili quyidagilar o`tkaziladi:

-mart-iyun oylarida mahalla yoshlari hamda qizlari o`rtasida “Ommaviy futbol” dasturi doirasida futbol festivallari;

-10 dekabr – Butunjahon futbol kuni munosabati bilan aholi o`rtasida ommaviy “fleshmob” tadbirlari;

-sentyabr-may oylarida umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Maktablarda futbol” dasturi doirasida futbol musobaqalari, mahorat saboqlari va festivallari;

-sentyabr-may oylarida OTMda “Talabalar ligasi” dasturi doirasida 3 bosqichli respublika futbol musobaqalari.

Shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari O`zbekiston futbol assosiasiyasi tasarrufiga o`tkazilib, futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etiladi.

 Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O`zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida futbol maktablari tashkil qilinadi.

 2023 yil 1 iyuldan: 
-nodavlat futbol muassasalari uchun O`zbekiston futbol assosiasiyasi a`zosi bo`lishi talabi o`rnatiladi;

-O`zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi.

 O`zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan O`zbekiston futbolini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etiladi.

 2023/2024 o`quv yiligacha xalqaro tajriba asosida O`zbekistonda futbolchilarni tayyorlash modeli ishlab chiqiladi.

 

    Boshqa yangiliklar