Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Izboskan tumanida kamida 50-60 yillik ulkan daraxtlar kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Izboskan tumani «Oybek» MFY hududidagi “Milliy qadriyat” ko`chasida 3 tup chinor daraxti tegishli ruxsatnomalarsiz kesib yuborilgan.
Huquqbuzarlar o`simlik dunyosiga 131 400 000 so`m miqdorida zarar etkazgan. Hozirda to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.






