Kecha, 7 aprel kuni soat 21.15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o`g`li vafot etgani aniqlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Marhumlarning o`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






