AsosiyJamiyat

Endi ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi

'Endi ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi'ning rasmi

Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
- ko`chmas mulk ob`ekti bo`yicha birlamchi kadastr yig`majildi (pasporti) mavjud bo`lib, begonalashtirilganda yoki ob`ektda o`zgarishlar (rekonstruksiya, qo`shimcha va alohida qurilish) mavjud bo`lmaganda;
- ko`chmas mulk ob`ektining bir qismi begonalashtirilganda ob`ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o`zgarganda;
- kadastr yig`majildi (pasporti) yo`qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
 Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
 

    Boshqa yangiliklar