AsosiyJamiyat

O`zini tanqidiy yo`nalishlari bilan tanilgan bloger 15 sutkaga qamaldi

'O`zini tanqidiy yo`nalishlari bilan tanilgan bloger 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Activist" nomli blogerning do`konlarida sotilayotgan mahsulotlar haqida tanqidiy chiqishlari tarqaldi. Unda bloger ayrim mahsulotlar haqida fikr billirib, ularni iste`mol qilmaslik haqidagi gapirgan. Ayni paytda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati blogerning qamalgani haqida xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan o`rganishlar davomida mazkur videolavha muallifi 1997 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan fuqaro N.X. ekanligi aniqlandi.

“O`tkazilgan tekshiruv davomida N.X. yuqorida keltirilgan videorolik orqali fuqarolarga turli ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mahsuloti bo`lgan yogurtlarning tarkibida “karmin” moddasi mavjudligi sababli ularni iste`mol qilish mumkin emasligi xususidagi fikrlarini tegishli soha mutaxassislaridan xulosa olmagan holda o`z tashabbusiga ko`ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganligini ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 25-moddasiga asosan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, shuningdek 27-moddasiga binoan shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega. O`zbekiston fuqarolarining yuqoridagi kafolatlariga monelik qilish mumkin emas. Ayniqsa alohida shaxslarning o`z tashabbusi orqali turli masalalarga diniy tus berish orqali o`zgalarning shaxsiy hayotga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi Qonunning 35-moddasiga binoan, tadbirkorlik faoliyati subekti o`z ishchanlik obro`siga putur etkazadigan ma`lumotlarga raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli. Bunday ma`lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida etkazilgan zararning o`rni qoplanishini va ma`naviy zarar kompensasiya qilinishini talab etishga haqli.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tekshiruv jarayonida N.X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 184-3- (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ`ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan N.X.ga nisbatan 15 sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi”, - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar