AsosiyJamiyat

Navoiyda o`qituvchilarni “Tashabbusli byudjet”ga ovoz to`plash uchun majburlagan maktab mansabdorlari javobgarlikka tortildi

'Navoiyda o`qituvchilarni “Tashabbusli byudjet”ga ovoz to`plash uchun majburlagan maktab mansabdorlari javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Sal avval Senat tomonidan "Tashabbusli byudjet"ga ovoz yig`ish uchun xodimlar majburiy jalb qilinayotganlik holati o`rganilayotgani xabar qilingan edi. 

Ani paytda ma`lum qilinishicha, o`rganish natijalariga ko`ra, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi 24-sonli va Navbahor tumanidagi 9-sonli maktab direktorlari o`qituvchilarni “Tashabbusli budjet” loyihasiga ovoz to`plashga jalb qilgani aniqlangan.

Ushbu xatti-harakatlarda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur ta`lim muassasalarining mansabdor shaxslari belgilangan tartibda ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

“Majburiy tarzda biror-bir mehnatga jalb etish bilan bog`liq muammolarga duch kelgan yoki mazkur holatdan xabardor bo`lgan yurtdoshlarimizni mk@senat.uz, 1176 hamda 1092 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishini so`raymiz. Murojaat tezkorlik bilan o`rganilib, zarur choralar ko`riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biror-bir ma`lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi”, — deyiladi Senatning Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar