AsosiyJamiyat

O`zini tanqidiy yo`nalishlari bilan tanilgan bloger bo`yicha sud qarori e`lon qilindi

'O`zini tanqidiy yo`nalishlari bilan tanilgan bloger bo`yicha sud qarori e`lon qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Activist" nomli blogerning do`konlarida sotilayotgan mahsulotlar haqida tanqidiy chiqishlari tarqaldi. Unda bloger ayrim mahsulotlar haqida fikr bildirib, ularni iste`mol qilmaslik haqidagi gapirgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati blogerning qamalgani haqida xabar qilgan edi.  

Holat bo`yicha  8 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ`ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bo`yicha X. N. (1997 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, muqaddam ma`muriy javobgarlikka tortilgan) ga nisbatan yuritilgan ma`muriy ish ko`rib chiqilgan.

Shayxontohur tumani IIO FMB TQKB xodimlari tomonidan Toshkent shahrida diniy muhitni sog`lomlashtirish borasida olib borilayotgan ijtimoiy tarmoqlarda monitoring tadbirlari davomida, X. N. o`ziga tegishli bo`lgan “Telegram” messenjeridagi “Activist” kanali orqali har xil turdagi diniy mazmundagi videolarni, ya`ni Din ishlari bo`yicha qo`mitaning 2023 yil 7 apreldagi 18-660-sonli xulosasiga asosan aholi orasida turli ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan g`oyalarni tarqatganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ish hujjatlariga ko`ra, X. N. IIO xodimlarining hujjatlarini tekshirish uchun taqdim etish, tushuntirish berish va ish hujjatlari bilan tanishib chiqish kabi qonuniy talablariga bo`ysunmagan.

Sud majlisida huquqbuzar tariqasida so`roq qilish uchun X. N. ga so`z berilganida huquqbuzar va uning himoyachisi holat yuzasidan ko`rsatma berishdan bosh tortgan.

X. N. ko`rsatma berishdan bosh tortgan bo`lsa-da, uning yuqoridagi huquqbuzarliklarni sodir etganligi ish hujjatlaridagi IIO FMB xodimining bildirgisi, dalolatnoma, ko`zdan kechirish va elektron materiallarni olish bayonnomasi, “Telegram” messenjeridagi “Activist” kanalidan olingan fotolavxalar, DVD-R diskidagi videolavhalar, ashyoviy dalillarni olish bayonnomasi hamda Din ishlari bo`yicha qo`mitaning ekspertlik xulosasi va boshqa dalillar bilan o`z tasdig`ini topgan.

Sudning qarori bilan X. N. MJtKning 184-3-moddasi va 194-moddasi 1-qismida tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga MJtKning 34-moddasi tartibida 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati yoki protest berilishi mumkin.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar