Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 2022 yilda bedarak yo`qolgan bola 15 oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, Qarshi shahar, Paxtazor mitti tumani, 40-A uy, 17-xonadonda yashagan, 2002 yilda tug`ilgan Faxriddin Qurbonnazarov 2022 yilning 31 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda “Qarshi shahar 3-mitti tumanida joylashgan ish joyimga boraman” deb yashash xonadonidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Ma`lum qilinishicha, alohida belgilari: bo`yi 155-160 sm atrofida, sochi, qoshlari ingichka, yoysimon, ko`zlari qora rangda va o`rtacha kattalikda, yuzi ovalsimon shaklda, burni to`g`ri shaklda, o`rtacha kattalikda. Boshida qora rangli shapka, yoqasida mo`ynali qora rangli kurtka, kulrang jemfir, ko`k rangli trikosi oyog`ida qora rangli krasovka bo`lgan.
Uni ko`rgan yoki u haqda biror ma`lumotga ega fuqarolardan Qashqadaryo viloyati IIBning ishonch telefonlariga qo`ng`iroq qilish so`ralgan. Shuningdek, fuqarolar tomonidan taqdim etilgan har qanday ma`lumotlar sir saqlanishi kafolatlanishi va moddiy rag`batlantirilishi ham aytib o`tilgan.