Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondarya viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Baland tog`larda (2000 m dan yuqori hududlarda) yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-11° iliq bo`ladi.
10.04.2023 08:10
Bugun ham O`zbekiston bo`ylab yomg`irli ob-havo bo`ladi






