AsosiyJamiyat

Navoiyda 3 qavatli savdo markazida yong`in chiqdi

'Navoiyda 3 qavatli savdo markazida yong`in chiqdi'ning rasmi

Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish mollari do`konida yong`in sodir bo`ldi.

FVV xabariga ko`ra, 10 aprelga o`tar kechasi Navoiy viloyati Karmana tuman FVB dispetcherlik xizmatiga soat 23:03 da Karmana tumani I. Karimov ko`chasida joylashgan 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong`in to`g`risidagi xabar kelib tushgan. 

Unga ko`ra FVBdan 14 yong`in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga zudlik bilan etib borilgan. 

FVB xodimlari 800 kvadrat metrga ega bo`lgan savdo do`konidagi yong`inni soat 01:59 da bartaraf etgan. Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar