Ohangaron tumanida 8 gektarli g`isht zavodini auksiondan arzon narxlarda olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.P va S.N. Ohangaron tumanida 8 gektar er maydonida joylashgan g`isht ishlab chiqarish zavodini fuqaro F.Sh.ga tanishlari yordamida 200 000 AQSh dollari evaziga auksion orqali arzon narxlarda yutib olib berishni va`da qilib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






