AsosiyJamiyat

“G`ishtko`prik” chegara bojxona postida dori bilan "jihozlangan" “Epica” to`xtatib qolindi

'“G`ishtko`prik” chegara bojxona postida dori bilan "jihozlangan" “Epica” to`xtatib qolindi'ning rasmi

"Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini realizasiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, sifati kafolatlanmagan dori vositalarni noqonuniy  ravishda olib kirilishiga bo`lgan urinishlar hali ham uchrab turibdi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kuni kecha, “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro  boshqaruvidagi bo`lgan “Epica” rusumli avtoulov belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, avtoulovning orqa eshiklari, orqa o`rindiq tepa qismi, old eshigining pastki qismlaridagi bo`shliqlarda xaydovchi tomonidan oldindan yashirib qo`yilgan, og`zaki so`rovda aytilmagan hamda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan, umumiy qiymati sal kam 86 mln. so`mlik, jami 160 kuti dori vositalarini qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlandi.          

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar