"O`zgidromet" joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi
Ma`lum qilinishicha, bugun atmosfera fronti o`tishida markaziy va sharqiy hududlar bo`yicha yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 15-20 darajani tashkil etadi.
Seshanba kunidan boshlab O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi. Respublika bo`yicha asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Horazm viloyatida 14 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati ko`tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, 29-32 darajani tashkil etadi, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 35-37 darajagacha bo`ladi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda 11-14 aprel kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 10-11 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Baland tog`larda (2000 m dan yuqorida) yomg`ir qorga aylanishi mumkin.
10-11 aprelda tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10-11 aprelda Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor.
Bugun poytaxtda: vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11-14 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kunidan boshlab havo jadal isiy boshlaydi. Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi havo harorati 16-19 daraja, juma kuniga kelib, 30-32 daraja atrofida bo`ladi.






