AsosiyJamiyat

Surxondaryoda voyaga etmagan shaxs sevgan qizining xushtorini urib burnini sindirdi

'Surxondaryoda voyaga etmagan shaxs sevgan qizining xushtorini urib burnini sindirdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida bir nafar bola kaltaklanganligi bilan bog`liq tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, 2023 yilning 6 aprel kuni kuni soat 16:30 larda Termiz shahri, "Alpomish" mahallasida joylashgan motamsaro ona haykali yonida voyaga etmagan X.E. yaxshi ko`rgan qizini voyaga etmagan M.J. bilan birga yurganini ko`rib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan M.J. ni urib tan jarohati etkazgan.  

Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo viloyat filialining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, M.J.ning burun devorlarini ikki tomonlama sinishi kabi tan jarohati olganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan 10.04.2023 yil Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi Termiz shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar