Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro onasi uchun ayol shifokorlarni yuborishni so`rab feldsherga tahdid qilganligi yuzasidan tarqalgan videotasvir turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Toshkent shahar IIBB ma`lum qilishicha, joriy yilning 1 aprel kuni 1990 yilda tug`ilgan N.X. onasining salomatligi yomonlashganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmatiga qo`ng`iroq qilib, xabarni qabul qilgan dispetcher 1998 yilda tug`ilgan G.Z. dan faqat ayol tibbiyot xodimlarini yuborishligini so`ragan.
Dispetcher tez tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha ichki qoidalarda bunday talab belgilanmaganligini ma`lum qilib, shu vaqtda bo`sh ayol shifokorlar brigadasi bo`lmaganligi sababli, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun eng yaqin brigadani yuborgan. Fuqaro manzilga etib borgan brigadada erkak shifokorlarni ko`rib, ularni uyga kiritmay norozilik bildirgan hamda telefon orqali dispetcherni haqorat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan fuqaro N.X. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasi (“Haqorat qilish”) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan.






