Evropa Ittifoqi aprel oyi oxirigacha Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini qabul qilishi mumkin. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, cheklovlar Turkiya, Qozog`iston va arab davlatlariga allaqachon kiritilgan sanksiyalarni aylanib o`tishning oldini olish mexanizmini nazarda tutadi.
Ma`lumotlarga qaraganda, 11-sanksiya paketi bu safar rossiyalik biznesmenlarga ham ta`sir qilishi mumkin. Shuningdek, yangi paketda Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam berayotganlarga qarshi "ikkilamchi sanksiyalar" bo`lishi reja qilingan. Bundan tashqari, Evroparlament Rossiya yadro sektoriga, jumladan, «Rosatom» davlat korporasiyasiga qarshi sanksiyalar qo`llash imkoniyatini alohida ko`rib chiqmoqda. Unga ko`ra, sanksiyalar direktorlar kengashi a`zolariga, shuningdek, yangi shartnomalarga taalluqli bo`lishi mumkin.






