Avvalroq Yunusobodda tez-tibbiy yordam xizmati dispetcherini haqorat qilingani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar sudlari Axborot xizmatining Darakchi.uz‘ga ma`lum qilishicha, 2023 yil 10 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudiga H. N. (1990 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan) ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) bilan yuritilgan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish hujjati kelib tushgan bo`lib, sud tomonidan ma`muriy ish bo`yicha sudga oid adabiyotshunoslik ekspertizasi tayinlangan.
Ekspertiza xulosasi sudga taqdim etilgandan so`ng ushbu ma`muriy ishni ko`rib chiqish davom ettiriladi.






