AsosiyJamiyat

Bog`cha tarbiyalanuvchilari Konstitusiya targ`ibotiga jalb qilindi (video)

'Bog`cha tarbiyalanuvchilari Konstitusiya targ`ibotiga jalb qilindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta`lim muassasalaridan birida tarbiyalanuvchilar Konstitusiya targ`ibotiga jalb qilingani aks etgan videoyozuv tarqaldi.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta`lim agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyalanuvchilarning ”Konstitusiya meniki, seniki, bizniki! Konstitusiya o`zimizniki” shiori ostidagi tadbirga jalb qilingani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

“Mazkur videoda, MTT xodimi tomonidan yurtimizda Referendum doirasida o`tkazilayotgan tashviqot tadbirlaridan ruhlanib, tarbiyalanuvchilarga tushuncha berishga uringanlik holatini kuzatish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan respublikadagi barcha maktabgacha ta`lim sohasidagi hudud vakillariga ogohlantirishlar hamda bu kabi holatlarning oldini olish bo`yicha tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar