“Ukrenergo” 11 aprel kuni Moldovaga sotish uchun quvvatlarni taqsimlash bo`yicha birinchi kim oshdi savdosini o`tkazadi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
12 aprel kuni esa Polshaga energiya sotish uchun shunga o`xshash kim oshdi savdosi bo`lib o`tadi.
Bundan tashqari, Slovakiyaga eksportni ochish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda
“Ukrainadagi urush va u bilan bog`liq xavflarni inobatga olgan holda davlatlararo tarmoqlarga kirish har kungi auksionlarda faqat qisqa muddatga tarqatiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
“Ukraina energetika tizimida elektr ishlab chiqarishning ortishi bilan Evropaga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi”, deya qo`shimcha qildi kompaniya.






