Agar bir odam sababsiz Ramazonning bir kunini ro`za tutmay o`tkazib yuborsa va keyin tutib bersa savobi Ramazondagi kabi bo`ladimi?
JAVOB: Sababsiz bir kun tutmasa, gunohkor bo`ladi. Ramazondan keyin bir kuniga bir kun qazo qilib, tutib berishi vojib bo`ladi.
Ramazonda sababsiz tutilmagan ro`za keyinchalik qazo qilib tutilganda bo`yindan soqit bo`lsada, lekiin uning Ramazondagi kabi savobiga erisha olmaydi. Hadisi sharifda shunday deyiladi:
من أفطر يومًا من رمضان من غير رخصة ولا مرض لم يقضِ عنه صيام الدهر كله ، وإن صامه
ya`ni: “Kim Ramazon oyida bir kun sababsiz va kasalliksiz ro`za tutmasa, butun umr ro`za tutsa ham uning o`rnini bosa olmaydi” (Imom Ahmad rivoyatlari). Vallohu a`lam.
O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay`ati.






