Farg`ona viloyatining Qo`shtepa tumanida qotillik sodir bo`ldi. Qo`shnilarning arzimas sabab bilan boshlangan janjali aka-ukalardan birining jarohat olishi, boshqasining o`limi bilan yakun topdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, voqelik 2 aprel kuni kechga yaqin sodir bo`lgan. Tumanning Gulobod tumanida yashovchi F.Q. «Neksiya-2» avtomashinasida harakatlanib kelar ekan, qo`shnisi F. X.ning xotiniga signal chalib, chetroqda yurishni aytadi.
Janjal shu tariqa boshlanib, unga boshqalar qo`shiladi. Og`izdan maza-bemaza gaplar chiqadi. Oqibati shu bo`ladiki, F.Q. oshxona pichog`i bilan haligina o`zi singnal chalgan ayolning turmush o`rtog`i va qaynakasiga tashlanib, ularga turli darajada jarohat etkazadi. Etkazilgan jarohatlar natijasida aka-ukalarning kichigi (33 yosh) voqea joyida vafot etadi, kattasi (39 yosh) kasalxona tushadi.
Holat yuzasidan yuzasidan o`sha kuniyoq tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o`ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, F. Q. (36 yosh) tegishli tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






