Surxondaryo viloyatida Lacetti ishtirokida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Hudud” informasion dasturida ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, 6 aprel kuni Jarqo`rg`on tumani “Oqtepa” mahallasi hududidan o`tuvchi M41 avtomobil yo`lida Nexia hamda Lacetti avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo`ldi.
O`rganish davomida aniqlanishicha, Denov—Termiz yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti haydovchisi tezlikni oshirib, noto`g`ri quvib o`tishni amalga oshirgani sabab qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan transport vositasi bilan to`qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi va Lacetti`ning old o`rindig`ida bo`lgan yo`lovchi voqea joyida vafot etgan. Mashinalar ichida bo`lgan boshqa yo`lovchilar og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.






