AsosiyJamiyat

"U nihoyatda tajovuzkor, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan". Namanganda kuch ishlatar tizim xodimlarining uy tomlarida yurganiga izoh berildi (video)

'"U nihoyatda tajovuzkor, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan". Namanganda kuch ishlatar tizim xodimlarining uy tomlarida yurganiga izoh berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda aholi xonadonining devor va tom qismida kuch ishlatar tizimi xodimlari yurgani va fuqarolarning bundan norziligi aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, tasvirda aks etgan Namangan shahri O`zbekiston ko`chasidagi xonadonda yashovchi 1989 yilda tug`ilgan Sh. U. joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog`idan voyaga etmagan qizni, taksi sifatida uyiga olib borib qo`yishini aytib, aldab, noma`lum manzildagi xonadonga olib borib, zo`rlik ishlatib nomusiga tekkan.

Sh.U.ning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog`i va atrof ko`chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, hozirda jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo`rlik alomatlari yuzasidan tegishli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qayd etilishicha, jinoyat sodir etishda gumonlangan Sh.U.ning qo`lga olish maxsus tadbiri jarayonida oila a`zolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik ko`rsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq bo`lgan.

Shuningdek, Sh.U. joriy yilning 27 mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda xarakatlanib ketayotgan vaqtida, "VAZ-2106" rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan ikki nafar yosh yigitlarni, yo`lini to`sganliklarini bahona qilib, ularni urib, do`pposlab, voqea joyidan yashiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra fuqarolarga "o`rtacha og`ir tan jarohati" va "engil tan jarohati" etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvchi Sh.Umarovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ta`kidlanishicha, 1989 yilda Namangan shahrida tug`ilgan, hozirda Namangan shahri O`zbekiston ko`chasi 1-o`tish yo`li 22 uyda yashovchi Sh.U. "Epilepsiya kasalligi bilan bog`liq shaxsiyatning chuqur buzilishi, birlamchi generalizasiyalashgan talvasa xurujlari" tashxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi 3-majburiy davolash bo`limida nazoratda turadi, muqaddam

1) 28.12.2006 yilda JKning 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan,

2) 23.05.2007 yilda JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan,

3) 10.09.2008 yilda JKning 165-moddasi 2-qismi «v» bandi, 227-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan,

4) 04.05.2013 yilda JKning 118-moddasi 2-qismi «v,g» bandi, 119-moddasi 2-qismi «v,g» bandi, 164-moddasi 3-qismi «a,v»bandi, 166-moddasi 2-qismi «v» bandi, 138-moddasi 2-qismi «a» bandi, 118-moddasi 3-qismi «a» bandi, 277-moddasi 2-qismi «v,b» bandi, 127-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan,

5) 24.04.2021 yilda JKning 104-moddasi 2-qismi «v,e,l» bandlari bilan sudlangan.

"Suratdagi fuqaro ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanligini inobatga olib, uni uchratgan shaxslardan ehtiyot bo`lishlarini hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq tartibot organ xodimlariga xabar berishlarini so`raymiz", - deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida. 

"Ayni paytda qidiruvda bo`lgan shaxs ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanligini inobatga olib, uni uchratgan shaxslardan ehtiyot bo`lishlarini hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq tartibot organ xodimlariga xabar berishlarini so`raymiz", - deyiladi IIV xabarida. 

    Boshqa yangiliklar