AsosiyJamiyat

Namanganda haydovchi 152 marotaba qoida buzib, 410 million so`mlik jarimaga tushdi(video)

'Namanganda haydovchi 152 marotaba qoida buzib, 410 million so`mlik jarimaga tushdi(video)'ning rasmi

Reyd tadbirida jarima maydoniga joylashtirilgan "Hyundai Sonata" rusumli transport vositasi haydovchisi 2023 yilning shu vaqtiga qadar 152 marotaba qoidabuzarlik sodir etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Namangan shahar Davlatobod tumani Islom Karimov ko`chasida 01 T 234 ZA belgili Hyundai Sonata avtomashinasi YPX inspektorlari tomonidan to`xtatilganda haydovchi mashina unga tegishli emasligini aytib, hech qanday hujjatlar taqdim eta olmagan. Shundan so`ng, transport vositasi belgilangan tartibda vaqtincha saqlab turish uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Chust tumanida yashovchi 1990 yilda tug`ilgan haydovchi 2023 yilning shu vaqtiga qadar jami 152 ta qoidabuzarlik sodir etgani, bu ortidan yuzaga kelgan jarima summasi 410 million so`m ekani aniqlangan.

Eng qizig`i, tergovga qadar tekshiruvda, transport vositasini ro`yxatdan o`tkazish guvohnomasi yo`qligi, 01 T 234 ZA davlat raqam belgisi esa YHXX ro`yxatidan o`tkazilmagani aniqlangan. Davlat raqam belgisi haqidagi ma`lumotlar tizimda yzqligi bois sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan jarima solish to`g`risidagi qaror chiqarishning imkoniyati bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar