AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Putin bilan telefon orqali galdagi rejalarni muhokama qildi

'Shavkat Mirziyoev Putin bilan telefon orqali galdagi rejalarni muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 11 aprel kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o`tkazdi. 

Unda tovar ayirboshlash sur`atlarini ta`minlash va qo`shma kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o`tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko`rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi hamkorlik sermahsul bo`layotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O`zbekiston va Rossiya rahbarlari bo`lajak ikki va ko`p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko`rib chiqdilar.

    Boshqa yangiliklar