Toshkentdagi 110-sonli maktabda 8-sinf o`quvchisi vafot etdi. Ushbu xabarni "Darakchi.uz" ga Bosh prokuratura matbuot kotibi tasdiqladi.
Maktab kuzatuv kamerasi videyozuvlari o`rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo`lmagan.
Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, S.Mning o`limiga oshqozon osti beziga keng ko`lamli qon quyilishi, o`tkir yurak qon tomir etishmovchiligi, o`ng ko`zi yonida shilinma, ichki a`zolari to`laqonligi, bosh miya va o`pka shishi sabab bo`lgan.
Mahalliy OAVga ko`ra, o`quvchi ro`zador bo`lgan. U turnikka tortilgach tobi qochgan.






