AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yoshlar bilan ishlash bo`yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

'O`zbekistonda yoshlar bilan ishlash bo`yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda yoshlar bilan ishlash bo`yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi ta`kidlandi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o`rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta`kidlandi.

Bunda:

- yaxshi o`qiyotgan, tadbirkorligini yo`lga qo`ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo`lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o`rta” toifaga kiritildi;

- davlatning g`amxo`rligi va e`tiborini kutayotgan hamda ko`makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og`ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

    Boshqa yangiliklar