AsosiyJamiyat

Endilikda har bir rahbarga 50 nafardan e`tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirib beriladi

'Endilikda har bir rahbarga 50 nafardan e`tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirib beriladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda davlatimiz rahbari uchinchi toifaga batafsil to`xtaldi.

116 ming nafar yoshlarning nogironligi bo`lsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoshlar profilaktika, 16 ming nafari probasiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirishini ma`lum qildi.

Har bir vazir, vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan e`tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy e`tiborini  “o`rta” toifaga kirgan 4,6 million yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar