AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yoshlar o`rtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” o`tkaziladi

'O`zbekistonda yoshlar o`rtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” o`tkaziladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda aytilishicha, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo`qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.

Shu bilan birga, o`z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan o`zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi.

1 maydan yoshlar, talabalar, maktab o`quvchilari o`rtasida so`rovlar o`tkazib, ular ko`p ovoz bergan kitoblarni o`zbek tiliga tarjima qilish bo`yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Xususiy nashriyotlarga bu borada kreditlar foizini qoplab berish, garov ta`minoti bo`yicha engilliklar beriladi.

Mutasaddilarga har bir tumanda “daftar”ga kirgan 100 nafardan yoshlarning ichki turistik sayohatlarini tashkil qilish topshirildi.

Joriy yildan boshlab yoshlar o`rtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” o`tkazilishi ta`kidlandi. Misol uchun, oshpaz, konditer, stilist, dizayner, hunarmandlar o`rtasida olimpiada o`tkaziladi va g`oliblarga ustaxonalar qurib beriladi, zarur dastgohlar olib beriladi.

    Boshqa yangiliklar