AsosiyJamiyat

Namanganda Lacetti YTHga uchrab, ag`darilib ketdi

'Namanganda Lacetti YTHga uchrab, ag`darilib ketdi'ning rasmi

Namanagan viloyatining Davlatobod tumanida ikkita engil avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Davlatobod tumanining I. Karimov ko`chasidan To`raqo`rg`on yo`nalishiga yuqori tezlikda harakatlanib ketayotgan Lacetti haydovchisi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, chorrahada svetoforning qizil ishorasida to`xtab turgan Cobalt avtomashinasining orqa qismiga urilgan. To`qnashuv sababli Lacetti ag`darilib ketgan.

Hodisa oqibatida har ikkala avtomashina texnik shikastlangan, jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar