AsosiyJamiyat

Endilikda aliment to`lamagan shaxs haq to`lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi 

'Endilikda aliment to`lamagan shaxs haq to`lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi 'ning rasmi

O`zbekistonda yangi qonun bilan aliment to`lamagan shaxs haq to`lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi. 

Mamlakatda 2021 yilda voyaga etmagan farzandiga aliment to`lashdan bo`yin tovlagan 5,3 mingdan ortiq fuqaro ma`muriy qamoq jazosiga tortilgan bo`lsa, 2022 yilda bu ko`rsatkich 8,7 mingdan ortgan.

Qonunda aliment to`lamaganlik uchun belgilangan jarima yoki qamoq jazosi aliment oluvchi bolaga hech qanday naf keltirmaydi. Aksincha, shaxsning mablag`i jarima uchun undirilishiga yoki u qamoqqa olinib, 15 sutka mobaynida daromad topish va aliment to`lash imkoniyatidan mahrum bo`lishiga olib keladi.

Buning oldini olish uchun qonunga yangi ma`muriy jazo turi — haq to`lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish jazosi kiritilmoqda. Bunda aliment to`lamagan shaxsning jamoat ishlarini bajarib olgan haqining teng yarmi aliment oluvchiga beriladi.

    Boshqa yangiliklar