AsosiyJamiyat

Ukrainaning eng boy kishisi Rossiyani sudga berdi

'Ukrainaning eng boy kishisi Rossiyani sudga berdi'ning rasmi

Forbes ma`lumotlariga ko`ra, Ukrainaning eng boy kishisi Rinat Axmetov Rossiya tomonini sudga berdi. 

Axmetov Rossiya egallab olgan Donesk va Lugansk viloyatlarida yo`qotilgan aktivlari uchun tovon to`lashni talab qilmoqda. Bu haqda Axmetovning sarmoyaviy guruhi matbuot xizmati ma`lumot bergan.

«Axmetov investor sifatida Rossiyadan faoliyatga aralashish yoki aktivlar va investisiyalarni ekspropriasiya qilish natijasida unga etkazilgan barcha zararlar uchun tovon undirishni talab qiladi», — deyiladi xabarda.

Tadbirkor 2014 yildan boshlab Rossiyadan barcha yo`qotishlar uchun tovon undirmoqchi.

Forbes Ukraine ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil oxiriga kelib, Axmetovning boyligi 13,7 milliard dollardan 4,4 milliard dollargacha qisqargan, ammo u eng boy ukrainalik bo`lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar