AsosiyJamiyat

Namanganda qarzdor erkak MIB xodimini pichoqladi

'Namanganda qarzdor erkak MIB xodimini pichoqladi'ning rasmi

Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida 10 aprel kuni fuqaro O.T. Majburiy ijro byurosi xodimini pichoqladi. Bu haqda byuro axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, davlat ijrochisi S.Badalboev shu kuni soat 15:40 da qarzdor fuqaro O.T. yashash xonadoniga 26 million 982 ming so`mlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish bo`yicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan.

Shu orada davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yo`qligi ma`lum bo`lgan va telefon orqali undan kelishini so`ragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini aytgan. Shundan so`ng xodim qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib, qarzdordan kelishini so`ragan.

Fuqaro O.T. esa davlat ijrochisini qasddan o`ldirish maqsadida xo`jalik pichog`i bilan kelib, qonuniy faoliyatga qarshilik qilgan holda xodimning ko`krak qafasiga xo`jalik pichog`i bilan urmoqchi bo`lganida, o`zini himoya qilgan va o`ng qo`l kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan.

Qarzdor yana davlat ijrochisini o`ldirish maqsadida uning ortidan quvgan vaqtda ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qo`lidagi xo`jalik pichog`i olib qo`yilishi sababli jinoyatni oxiriga etkaza olmagan.

Mazkur holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar