O`zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor va samarali ko`rib chiqish, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida "Call-markaz" ishga tushurildi.
Call-markaz orqali O`zbekiston Respublikasi referendumiga oid o`zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.
Call-markaz raqami: 1200
1200 qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilish bepul.






