AsosiyJamiyat

O`zbekistonda aholi soni har kuni qariyb 2 ming kishiga oshmoqda

'O`zbekistonda aholi soni har kuni qariyb 2 ming kishiga oshmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o`rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Statistika qo`mitasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan. Respublika doimiy aholisi soni o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko`paygan, aholi 2023 yilning har bir oyida o`rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.

Qayd etilishicha, 2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o`rtacha 1,9 ming kishiga ko`paymoqda.

 

    Boshqa yangiliklar