Bugun, 12 aprel kuni soat taxminan 11.40 lar atrofida Shahrisabz shahar "Ipak yo`li" va "Bahodir Tarag`ay" ko`chalari chorrahasida Captiva’ va Damas rusumli avtomobillar ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan, natijada Captiva’ rusumli avtomashinada yong`in chiqqan.
Yong`in oqibatida avtoulovning old qismi zarar ko`rgan.
Hayriyatki, to`qnashuv va yong`in sabab hech kim tan jarohati olmadi.
Ma`lum bo`lishicha, yong`in bo`yicha xabar soat taxminan 11.47 lar atrofida Shahrisabz shahar FVB ga kelib tushgan, 1 ta qutqaruv bo`linmasi soat 11.50 larda voqea joyiga etib borib, yong`inni 11.57 da to`liq bartaraf etgan.
Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayoni boshlandi.






