AsosiyJamiyat

DXX Qashqadaryodagi 2 nafar hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo`zg`adi

'DXX Qashqadaryodagi 2 nafar hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo`zg`adi'ning rasmi

Yakkabog` tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs o`zi norasmiy rahbarlik qiluvchi 2 ta MChJga qurilish materiallari sotib olish bo`yicha bankdan ajratilgan 1,7 mlrd so`mlik imtiyozli kredit mablag`larini boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi holati DXX tomonidan aniqlandi.

Hozirda mazkur hokim yordamchisi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-(o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228(hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish)-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Yana bir holatda esa Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs mahalliy fuqaro foydalanib kelayotgan 5 gektar er maydoni auksion savdolariga chiqib ketganidan xabardor bo`lib, unga ushbu er maydonining 50 sotixini qoldirib berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-(pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar