AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston So`xdagi erosti gaz inshootini tiklashni boshladi

'O`zbekiston va Qirg`iziston So`xdagi erosti gaz inshootini tiklashni boshladi'ning rasmi

10 aprel kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi Ishchi guruhi “Shimoliy So`x” GYoSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasi doirasidagi tadqiqotlarini o`tkazish uchun mavjud muammolarni o`rganish maqsadida  Qirg`izistonning Qadamjay tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda  "O`ztransgaz" AJ ma`lum qildi.

Qirg`iziston tarafidan tuzilgan ishchi guruhi bilan uchrashuvda yo`l xaritasida ko`zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilingan. Qirg`iziston hududidagi gaz quduqlarining holati ko`zdan kechirilgan. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olingan.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Prezidentining Qirg`izistonga davlat tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish  maqsadida qo`shma amaliy harakatlar rejasi tasdiqlangan. “Shimoliy So`x” GYoSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasi ham ana shu rejadan o`rin olgan.  

Bu boradagi ishlarni jonlantirish uchun O`zbekiston  va Qirg`iziston energetika vazirlari tomonidan “Shimoliy So`x” GYoSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “Yo`l xaritasi” imzolangan. O`zbekiston Respublikasi tomonidan 15 kishidan iborat Ishchi guruh shakllantirilib, “O`zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy So`x” GYoSI quduqlarida dala tadqiqotlarini o`tkazish uchun Texnik topshiriq ishlab chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar