AsosiyJamiyat

Navoiyda maktabdagi janjaldan so`ng o`quvchi qiz o`z joniga qasd qildi

'Navoiyda maktabdagi janjaldan so`ng o`quvchi qiz o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

17 yoshli o`quvchi bir dona ignani yutib, ketidan ko`p miqdorda dori ichgani, ayni paytda koma holatida ekani aytilmoqda. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.

Aytilishicha,  Xatirchi tumanidagi maktablardan birining 17 yoshli o`quvchisi (qizning shaxsi tahririyatga ma`lum) o`z joniga qasd qilgan. Bunga maktabda u va o`qituvchi o`rtasida yuzaga kelgan janjal sabab bo`lgani aytilmoqda.
“Maktabdagi holat joriy yil 4 aprel kuni sodir bo`lgan: o`qituvchi boshqa darsni so`ragan, singlim esa boshqasini aytib bergan. O`qituvchi urgan, u esa qo`l ko`tarmaslikni aytgan. Shu tariqa vaziyat mahalla inspektorigacha etib borgan. Singlimning o`zini aybdor qilishgan.
Mahalla profilaktika inspektori ham qamab qo`yamiz seni, deya bosim qilavergan, suhbatga chaqirgan, uydan majburiy olib ketmoqchi bo`lgan. Singlim ushbu bosimlarga chiday olmay, 6 aprel kuni o`z joniga qasd qilgan: avvaliga bitta igna yutgan, ketidan juda ko`p miqdorda turli dori tabletkalarini ichgan. Necha kundirki, u koma holatida,”, — deydi jurnalisti bilan gaplashgan o`quvchining opasi.
Manbada ta`kidlashicha, o`quvchi qiz ayni paytda Navoiy shahridagi shifoxonada. Uning ahvoli og`irligicha qolmoqda, koma holatidan chiqmagan.
Hozircha Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ham, Xatirchi tumani hokimligi ham holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

    Boshqa yangiliklar