Shavkat Mirziyoevning “Qishloq xo`jaligi korxonalari dala chetlaridagi er maydonlarida mahsulot etishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan 50 milliard so`m mablag` ajratiladi.
Ushbu jamg`arma tomonidan:
– qishloq xo`jaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda, kredit summasining 60 foizi bo`yicha garov ta`minoti sifatida o`rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo`yicha garov ta`minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisi olinadi;
– tashabbuskorlarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalar o`rnatib berilgandan so`ng mahsulot etkazib beruvchining hisob raqamiga o`tkazib berish sharti bilan ajratiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida qishloq xo`jaligi erlari atrofida kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud bo`lgan fermer xo`jaliklariga zovur suvlarida 200-250 boshdan o`rdak boqish va asalari uyasi tashkil qilish uchun yillik 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.