Kishi zakotga qodir bo`lganini qanday aniqlaydi?
JAVOB:
Zakot berish farz bo`lishi nisob va yil o`tishiga bog`liq. Islomda nisob-boylik darajasi mol-mulkning 85 gramm tilla yoki uning qiymatiga etishi bilan o`lchanadi. Bu boylikka asliy hojatlari: uy-joyi, uy asboblari, kiyim kechaklari, kasb asboblari va ulov (mashinasi)ning qiymati qo`shilmaydi. Demak, kimda qarzlaridan ortiqcha 85 gramm tilla yoki uning qiymatidagi kumush, qog`oz pullar va tijorat mollari bo`lsa, uning moli nisob (boylik miqdoriga) etgan bo`ladi. Bunday kishi moli nisobga etgani uchun endi zakot ololmaydi. Qamariy taqvim bo`yicha rosa bir yildan keyin ham nisob miqdoridagi mol-mulk ehtiyojdan ortiqcha bo`lib, ishlatilmay turgan bo`lsa, ana endi faqirlarga mol-mulkining 1/40 (qirqdan bir, ya`ni 2,5%)ini zakot sifatida beradi. Masalan bir kishining moli Muharram oyida 85 gram tillaning qiymatiga etdi. Kelasi yil Muharram oyida esa moli 100 gramm tillaning qiymatiga etdi. Shunda u mol-mulkining 1/40 i, ya`ni, 2,5 gramm tillaning qiymatini zakot qilib beradi. Yil o`rtasida qiymatning ko`payib-kamaygani e`tiborga olinmaydi. Vallohu a`lam.
O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay`ati.






