AsosiyJamiyat

Qozog`istonlik fuqaro 30 yil avval yo`qotgan otasini topdi

'Qozog`istonlik fuqaro 30 yil avval yo`qotgan otasini topdi'ning rasmi

32 yoshli Asqar uzoq yillar otasini topmoqchi bo`lgan. Asqarning so`zlariga ko`ra, uning ota-onasi talabalik paytida Semipalatinskda tanishishgan, turmush qurishgan, u tug`ilganidan keyin ular Pavlodar viloyatiga ko`chib ketishgan. Onasi va otasi biznes bilan shug`ullanishgan. Asqar ikki yoshga to`lganida, ota-onasi ajrashgan, otasi Semipalatinskka qaytib kelgan, ba`zida o`g`lini ko`rgani kelgan, keyin esa ular orasidagi aloqa uzilib ketgan.

Asqarning onasi turmushga chiqadi, uning ukasi va singlisi dunyoga keladi. Asqar o`rta maktabni tamomlab, harbiy xizmatni o`taydi. Va bu yillar davomida u qarindoshlaridan uning tashqi ko`rinishi va fe`li otasiga juda o`xshashligini eshitadi. U ko`p bor Semeyga borish va otasini topish, qarindoshlari bilan tanishish haqida o`ylardi.

“Men uni internetda turli ma`lumotlar bazalaridan topishga harakat qildim, volontyorlarga murojaat qildim, ular menga kelajakda ma`lumot joylashtirish uchun polisiyaga ariza yozishimni maslahat berishdi. Ko`p yillar oldin, men hali o`qib yurgan paytlarimda, xolam otamning qarindoshlarining telefon raqamini topdi, otam haqida bilish uchun telefon qildik, bizga u xizmat safarida ekanligini va o`zi aloqaga chiqishini aytishdi, keyinroq qo`ng`iroq qilishga kelishib oldik, keyin bu raqam yo`qolib qoldi.

“Men uylandim, Pavlodarga ko`chib o`tdim, ikki farzandim bor. Ko`p bor otamni topmoqchi, bolalarimni bobosi bilan tanishtirmoqchi bo`ldim. To`ydan oldin uni qidirib ko`rdik, lekin bu urunishimiz ham zoe ketdi”, deydi Asqar.

Otasini topish ishtiyoqi Asqarni ko`p yillar davomida tinch qo`ymadi. Natijada u otasi ro`yxatdan o`tgan manzilni topib, ukasi bilan Semeyga boradi. Biroq u ko`rsatilgan manzilda otasini topa olmaydi va mahalliy polisiyaga murojaat qiladi.

Auezov IIB uchastka inspektori Odil Baymurzin qidiruv uyushtirdi va Asqarning otasining turgan joyini aniqladi. Ma`lum bo`lishicha, u Semeydan 20 kilometr uzoqlikdagi fermada ishlar ekan.

Asqar ukasi bilan darhol u erga bordi, otasini topdi, suhbatlashdi, farzanlarining suratlarini ko`rsatdi, otasi bilan aloqani tikladi.

Asqar 30 yillik ayriliqdan so`ng otasini topishda va yana uchrashishda yordam bergan uchastka inspektoriga va barchaga o`z minnatdorchiligini bildirdi, deb xabar beradi tengrinews.tv.

    Boshqa yangiliklar