17 aprel erta tong Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyati va tog`li hududlarda havo harorati minimumlari +0 darajagacha pasayadi. Bu haqda O`zgidromet o`z prognozlarida qayd etilgan.
Ma`lum qilinishicha, 17 aprel kuni respublikaning shimoliy hududlari sovuq antisiklon ta`sirida haroratning nol darajagacha pasayib ketishi kutilmoqda.
16 va 17 aprel kunlari esa Ustyurtda haroratning tungi minimumlari -3 darajagacha sovishi mumkin.






