Hali bitmagan uyga ham kredit beriladigan bo`ldi. Bu haqda bugun Prezidenti tomonidan imzolangan “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta`minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonda belgilab qo`yildi.
Unga ko`ra, qurilish tashkilotlari uchun quyidagi imtiyozlar berilmoqda:
- qurilish tashkilotlariga ko`p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
- pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uy-joylarni qavatma-qavat garovga qo`yish va har bitta qavat uchun kredit olish huquqi berildi.
(Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo`yish va kredit olish mumkin edi;)
- banklar o`z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyotini davom ettiriladi.
Bunda, qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to`lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.
- Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan quruvchilarga kafillik va kompensasiya to`lash tartibi uzaytirildi. Bunda, kompensasiya – har bir uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so`midan, kafillik – 2,5 mlrd so`midan oshmagan miqdoriga beriladi.
- 2025 yil 1 yanvarga qadar yuqori markali sement, arralanadigan yog`och, fanera, taxtadan yasalgan opalubka va oynani import qilishda bojxona bojining “0” stavkasi qo`llaniladi;
Kanalga ulanish: