Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 maydan:
- qurilayotgan ko`p kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit ta`minoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;
- 2025 yil 1 yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlarini (jadvalda keltirilgan) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladi.
2024 yil 31 dekabrgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo`yicha 24 oydan ortiq bo`lmagan muddatga kafillik va kompensasiya taqdim etiladi. Bunda:
- kompensasiya – kredit summasidan qat`i nazar har bir ko`p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard so`mdan ortiq bo`lmagan qismi bo`yicha to`lanadi;
- kafillik – kredit summasidan qat`i nazar har bir ko`p kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard so`mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;
- kafillik va kompensasiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.
Qarorga ko`ra, 2023 yilda “Yangi O`zbekiston” massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) ko`p kvartirali uy-joylar quriladi.
2023 yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
Farmonga ko`ra, “Mening birinchi uyim” dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshiriladi.
13.04.2023 18:27
“Yangi O`zbekiston” massivlarida 305 ta yangi ko`p kvartirali uy-joylar quriladi
