AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab jazirama issiq bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab jazirama issiq bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, ba`zi joylarda 37° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34° bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar