AsosiyJamiyat

⚡️O`zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish yanada osonlashdi

'⚡️O`zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish yanada osonlashdi'ning rasmi

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.   

Qarorga ko`ra, 2023 yil 15 apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

- milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma`lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma`lumotlari mavjud bo`lmagan taqdirda ariza beruvchilar o`zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

- milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo`yicha arizalar ariza beruvchilarning YaIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat`i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

- yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

 2023 yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamiga bog`langan holda raqamlashtiriladi. 

 

    Boshqa yangiliklar