Joriy yilning 12 aprel kuni soat 21:50 larda Yangiyo`l tumani "Ahil" MFY Samarqand ko`chasida yashagan 2002 yilda tug`ilgan D.A. Yangiyo`l shahar Tibbiyot birlashmasining qabul bo`limiga olib kelingan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko`ra, D.A. Yangiyo`l shahar "Ramadan" MFYda joylashgan sport klubida sog`lig`i yomonlashib qolgan va shu erning o`zida vafot etgan. Ma`lum qilinishicha, marhum ToshDAU meva-sabzavot fakultetining 2-kurs talabasi bo`lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, D.A.ning o`limi o`tkir yurak etishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi va marhumda tan jarohatlari mavjud emasligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






