Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishdan olingani haqidagi xabarlardan so`ng, ish faoliyatini olib borayotgani ma`lum qilindi.
Bugun, 14 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishdan olingani haqida xabarlar tarqatildi. Ammo, birozdan so`ng hokimning ishdan olingani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi haqida xabar berildi.
Keng muhokamalardan so`ng viloyat hokimligi Matbuot xizmati Abdurahmonov ish faoliyatini olib borayotganini ma`lum qildi.
"Paxtaobod tumanining Do`stlik massivida 55 gektar maydondan iborat sanoat zonasi tashkil etilmoqda. Bugun ushbu sanoat zonasida bo`lgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdi. Ish sur`ati va sifatiga ahamiyat qaratgan holda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash borasida topshiriq va ko`rsatmalar berdi", - deyiladi xabarda.






