AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pensiya yoshi o`zgaradimi?

'O`zbekistonda pensiya yoshi o`zgaradimi?'ning rasmi

Jahon banki O`zbekistonga uzoq muddatda pensiya yoshini oshirishni tavsiya qilgani to`g`risida xxabar berilgandi. Pensiya jamg`armasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotan ushbu ma`lumot yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, hozirda Pensiya jamg`armasida bu bo`yicha hech qanday taklif va loyiha ko`rib chiqilmayapti, shuningdek, ushbu masala kun tartibida emas.

Jahon banki “O`zbekistonda davlat xarajatlarini ko`rib chiqish: inson kapitali va suv infratuzilmasiga sarflangan mablag`lar samaradorligini oshirish” hisobotini e`lon qildi. Hisobotda keksalar sonining ko`payishi pensiya tizimiga bosim o`tkazayotgani, shuning uchun uni isloh qilish zarurati paydo bo`layotgani qayd etilgan.

“O`zbekiston sobiq Sovet Ittifoqidagi pensiya yoshi eng past respublika bo`lib, unda ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan pensiyaga chiqadi. 1990 yillardagi islohotlar davrida ko`plab mamlakatlar pensiya yoshini 2-3 yilga oshirgandi. 2000 yillarning ikkinchi o`n yilligida o`sishning ikkinchi to`lqini boshlandi, chunki mamlakatlar uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan pensiya yoshidagi islohotlarni boshlagandi (Ukraina, Belarus, Rossiya)”, — deyiladi hisobotda.

    Boshqa yangiliklar